AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan “NEXIA” yonib ketdi

'Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan “NEXIA” yonib ketdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 7 iyul kuni harakatlanib ketayotgan “NEXIA” avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, voqea soat 22:16 atrofida Qarshi shahrining Nasaf ko`chasida sodir bo`lgan. Aniqlanishicha, yong`in avtomobil harakatlanib ketayotgan paytda ro`y bergan.

Ushbu “NEXIA-2” mashinasi 10 yil oldin ishlab chiqarilgani aniqlangan. Uni 33 yoshli Uzumzor MFYda yashovchi R.R. ismli fuqaro boshqarayogan bo`lgani ma`lum qilingan. Yong`in oqibatida avtomobilning old qismi yongan. Hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.  

Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo`q

Boshqa yangiliklar