AsosiyJamiyat

«Zomin bolalar oromgohi» MChJ auksionga qo`yildi

'«Zomin bolalar oromgohi» MChJ auksionga qo`yildi'ning rasmi

Ma`lum bo`lishicha, mazkur oromgoh ustavidagi ulush «Zarbdor paxta tozalash» aksionerlik jamiyatiga tegishli bo`lib, lotning boshlang`ich narxi 14,4 mlrd so`mga baholangan.  

3,79 gektar maydonda joylashgan «Zomin bolalar oromgohi» MChJ ustavidagi «Zarbdor paxta tozalash» AJ ga tegishli 100% ulush sotuvga chiqarildi. Bu haqida E-ijro auksion saytida xabar beriladi.

Oromgoh Jizzax viloyati, Zomin tumani, G`allakor QFYda joylashgan. Inshoot uchun boshlang`ich narx 14,4 mlrd so`m deb belgilangan.

Boshqa yangiliklar