AsosiyJamiyat

Vazirlik: o`quvchilarning maktab formasini kiyish tartibi o`zgarmaydi

'Vazirlik: o`quvchilarning maktab formasini kiyish tartibi o`zgarmaydi'ning rasmi

Joriy yilning 5 iyul kuni “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida" qabul qilingan yangi tahrirdagi Qonun OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan umumta`lim maktablari o`quvchilarining kiyinish madaniyati,  xususan, o`quvchi-qizlarni maktabda bosh kiyimda yurishi hamda o`g`il bola o`quvchilarning soqol qo`ygan holda maktabga kelishlari masalasida turli savollarni keltirib chiqarmoqda. Shularni inobatga olib, Xalq ta`limi vazirligi quyidagicha bayonot berdi:

Nizomga ko`ra umumta`lim maktablarida:

– o`g`il bola o`quvchilarning ta`lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo`ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo`lgan va yorqin ranglarga bo`yagan holda kelishlariga;

Nizomga muvofiq, o`quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta`lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o`quvchilarga quyidagi choralar qo`llanishi mumkin:

– ogohlantirish;

– kundalik daftariga qayd etish;

– tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;

– fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va ta`lim muassasasidagi yig`ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.
 

Nizomning 7-bandiga ko`ra, o`quvchilar ta`lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim.
 "Mazkur talablarga o`quvchilar tomonidan amal qilinishi uchun ota-onalar mas`uldir"–deyiladi xabarnomada. 

    Boshqa yangiliklar