AsosiyJinoyat

Samarqandda odamlarni qo`rqitib, pul talab qilib yuradigan shaxs qo`lga olindi

'Samarqandda odamlarni qo`rqitib, pul talab qilib yuradigan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, Samarqand shahrida joylashgan avtomobillarni ta`mirlash korxonasi rahbari O`.D., viloyat IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, Oqdaryo tumanida yashovchi, yoshi taxminan 25-30 yoshlarda bo`lgan “Farrux” ismli shaxsning sariq rangli taksi avtomashinasini ta`mirlab bermaganligi sababli, boshqa ustaxonada avtomashinasini qimmat narxda ta`mirlatganligini vaj qilib, ustaxona ustidan arizalar yozib, uni tinch qo`ymaslik bilan muntazam ravishda qo`rqitib, tovlamachilik yo`li bilan 3 million so`m pul talab qilib kelayotganligi ma`lum qilgan, ushbu shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi hamda Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilib, 1992 yilda tug`ilgan, Samarqand shahar Maxtumquli ko`chasida yashovchi F.S., tinch qo`yish evaziga ariza muallifidan 2 million so`m pullarni tovlamachilik yo`li bilan olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanib, hujjatlashtirilgan.   

Surishtiruvlar davomida, ushbu shaxs bu kabi holatlarni boshqa fuqarolarga nisbatan ham sodir qilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan F.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi “a” bandi jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olingani ma`lum qilinmoqda.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar