Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, Emlash ishlari boshlangandan beri yurtimizda jami 4,5 million dozaga yaqin vaksina qo`llanilgan.
7 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 131143 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanilgan. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 89913 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 21550 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 19680 nafarni tashkil qiladi.
Ayni kungacha O`zbekistonda jami 4492365 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 2680533 nafarni;
2-bosqichda emlanganlar 1369932 nafarni;
3-bosqich emlanganlar 441900 nafarni tashkil qildi.
7 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Farg`ona viloyati (21658 doza);
- Namangan viloyati (19104 doza);
- Andijon viloyati (18070 doza) band qilgan.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Namangan viloyatida 554976 doza;
- Farg`ona viloyatida 537255 doza;
- Andijon viloyatida 515548 dozani tashkil qilmoqda.






