1

86 yoshli otaxonga niqob taqmaganligi uchun kuch ishlatgan IIB hodimi...Vaziyatga izoh berildi (vidеo)

Jamiyat 08.07.2021, 15:44
Teglar: IIB,janjal
86 yoshli otaxonga niqob taqmaganligi uchun kuch ishlatgan IIB hodimi...Vaziyatga izoh berildi (vidеo)

Ijtimoiy tarmoqlarda mast IIB xodimi 86 yoshli otaxonga  niqob taqmagani uchun kuch ishlatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha ,2021 yil 8 iyul kuni taxminan soat 10:40 larda Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 1972 y.t. Dilmurod M. 102 raqamiga qo`ng`iroq qilib, otasi 1935 y.t. Abdufattox M., mast holatda bo`la turib, uyda janjal, to`polon ko`targanligini ma`lum qilib, yordam so`ragan. Hodisa joyiga Shayxontohur tumani IIO FMB profilaktika inspektori mayor Ulug`bek Yaxshiboev etib kelgan.

Profilaktika inspektori, Abdufattox M.ni ichki ishlar bo`limiga olib borib holatni batafsil o`rganmoqchi bo`lganida, janjalga qo`shnilar aralashishgan. Vaziyatdan to`liq xabardor bo`lmagan (xususan, o`z o`g`li uy ichidagi janjal haqida ichki ishlarga murojaat qilganligi yuzasidan) qo`shnilar noto`g`ri xulosa chiqarib, inpsektorning xizmat faoliyatiga to`sqinlik qilishgan va profilaktika inspetkori bilan janjal qilishgan.

Videotasvirda ko`rib turganingizdek, ushbu mahalla aholisi ichki ishlar organi xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko`rsatishgan, vaziyatni bilmasdan, holatni to`liq o`rganmasdan, profilaktika inspektori bilan konstruktiv tarzda suhbatlashmasdan, unga qo`pollik qilishgan, uning xizmat kiyimiga shikast etkazishgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilish uchun tekshiruv o`tkazilayotgani ma`lum bo`ldi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1