Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Shofirkon tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Shofirkontumangaz” suyultirilgan gaz ballon o`rnatib berish xizmati xodimi Q.S. o`zining javobgarligida bo`lgan 105 dona umumiy qiymati 34,1 mln so`mlik maishiy gaz ballonlarni aholiga tarqatmasdan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






