AsosiyJamiyat

Oliy Majlis Senati tomonidan “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko`rik-tanlovi e`lon qilindi

'Oliy Majlis Senati tomonidan “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko`rik-tanlovi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan “Mahalla – besh tashabbus beshigi” respublika ko`rik-tanlovini o`tkazish bo`yicha Nizomga asosan Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi tomonidan tanlov e`lon qilindi.

Ma`lum bo`lishicha, ko`rik-tanlovda Respublikada faoliyat olib borayotgan fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari ishtirok etadi.

Mazkur tanlov quyidagi 3 ta bosqichda tashkil etiladi:

  • birinchi bosqich – tuman va shaharlar miqyosida;
  • ikkinchi bosqich – Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida birinchi bosqich g`oliblari o`rtasida;
  • uchinchi bosqich – Respublika miqyosida ikkinchi bosqich g`oliblari o`rtasida dekabr oyida.

Tanlovni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni xalq harakatiga aylantirish;
  • beshta muhim tashabbusning mahallalarda amaliyotga joriy etilishini yanada jonlantirish va bu borada faollik ko`rsatayotgan mahallalarni moddiy va ma`naviy jihatdan rag`batlantirish;

yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste`dodlarini yuzaga chiqarish, ularni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug`ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish hamda ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish va xotin-qizlarni ish bilan ta`minlash bo`yicha tizimli ishlarni mahallalarda tashkil etishga ko`maklashish.

Boshqa yangiliklar