1

"Reklama to`g`risida"gi qonun loyihasi biznes-ombudsman bilan kelishilmagan

Jamiyat 08.07.2021, 18:58
"Reklama to`g`risida"gi qonun loyihasi biznes-ombudsman bilan kelishilmagan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o`qishda konseptual qabul qilingan "Reklama to`g`risida"gi qonun loyihasi OAV va Mass-mediani qo`llab-quvvatlash fondining tanqid va noroziligini keltirib chiqargan edi. Fondga ko`ra, hujjatning hozirgi shaklda qabul qilinishi mamlakatning butun media bozori moliyaviy barqarorligiga tuzatib bo`lmaydigan darajada zarar etkazadi va teleradiokanallar o`z yillik daromadidan milliardlab so`m yo`qotishiga olib keladi.

Yaqin kunlarda qator internet saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda qonun loyihasiga nisbatan tanqidlar paydo bo`ldi. 

Mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilishi jarayonida, loyiha tashabbuskori tomonidan Biznes-ombudsman bilan tegishli tartibda kelishilmagan, deya munosabat bildirmoqda Biznes-ombudsman matbuot xizmati.

Ta`kidlanishicha, 2021 yil 20 aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi yangi tahrirdagi Qonuniga asosan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta`sir ko`rsatuvchi masalalarga doir loyihalar Biznes-ombudsman bilan majburiy tartibda kelishishi belgilangan.

Shunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga mazkur qonun loyihasi bo`yicha Biznes-ombudsmanning xulosasi talab etilsa, taqdim etilgan loyiha tadbirkorlik faoliyatiga ta`siri nuqtai nazaridan ko`rib chiqilib, qisqa muddatlarda xulosa berilishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1