1

Istanbulga sayohat qilishni rejalashtirganlar uchun bepul bagaj tashish me`yori oshirildi

Jamiyat 08.07.2021, 19:26
Istanbulga sayohat qilishni rejalashtirganlar uchun bepul bagaj tashish me`yori oshirildi

Uzbekistan Airways yo`lovchilari uchun 10 iyuldan 31 iyulgacha bepul bagaj tashish me`yorini oshirmoqda. Bu haqda milliy aviakompaniya Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, endi Toshkent-Istanbul-Toshkent yo`nalishi bo`ylab sayohat qilishni rejalashtirayotgan yo`lovchilarda ekonom klassda 40kg gacha, biznes-klassda 50kg gacha bepul bagaj tashish imkoniyati bor.  

Samarqand-Istanbul-Samarqand, Urganch-Istanbul-Urganch, Farg`ona-Istanbul-Farg`ona yo`nalishlari bo`yicha safar qilishni rejalashtirayotgan yo`lovchilarga xarid qilingan ekonom klass tarifidan qat`iy nazar, 35 kg gacha, bizness-klassda  40gacha bepul bagaj tashishga ruxsat beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1