1

Samarqanddagi AYoQShda portlash sodir bo`ldi. Bir kishi halok bo`lgan

Jamiyat 08.07.2021, 20:19
Samarqanddagi AYoQShda portlash sodir bo`ldi. Bir kishi halok bo`lgan

Bugun, 8 iyul kuni soat 14:36da Samarqand viloyati Samarqand tumani “Qunduzsufiy” MFYda joylashgan AYoQSh xududida er ostida joylashgan 25 tonnali sig`imda payvandlash ishlari olib borayotgan vaqtida chaqnash sodir bo`lib, sig`imdagi tahminan 50 litr solyarka maxsuloti yongan.  Bu haqda Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar qildi. 

Voqea joyiga zudlik bilan 5 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari 14:43da etib borib, yong`in soat 14:50 da o`rab olingan va soat 15:10da to`liq bartaraf etilgan.  

Chaqnash sababi shoxobcha hududida payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida kelib chiqqan.  

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro xalok bo`lgan va bir nafar fuqaro kuyish tan jaroxatini olib tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1