1

O`qituvchilarning mehnat ta`tili pullari nega kechikdi?

Jamiyat 08.07.2021, 21:45
O`qituvchilarning mehnat ta`tili pullari nega kechikdi?

Shu kunlarda Xalq ta`limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali o`qituvchilar tomonidan ayrim hududlarda mehnat ta`tili pullari kechiktirilayotganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda. Holat yuzasidan Xalq ta`limi vazirligi ma`lumot berdi.

O`rganishlarda muammo yuzaga kelishiga asosiy sabab aksariyat hollarda barcha xodimlarga birdaniga mehnat ta`tili berilishi bilan bog`liqligi aniqlandi va o`qituvchilarni mehnat ta`tiliga chiqarish rejaga ko`ra bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilangan.

Bugungi kunda, mazkur masalani tezkor hal etish hamda muammoni bartaraf etish maqsadida, hududlardan olingan hisob-kitob va talabnomalarga asosan Xalq ta`lim vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda zarur mablag`larni etarli darajada ajratish choralari ko`rildi.  

Umumta`lim maktablari xodimlariga belgilangan to`lovlar ertaga (juma kuni) va dushanba tushlik vaqtigacha to`liq amalga oshiriladi, deydi vazirlik o`z ma`lumotida.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1