1

Yangi axborot portali jurnalistlarni ishga taklif etmoqda

Jamiyat 08.07.2021, 22:50
Yangi  axborot portali jurnalistlarni ishga taklif etmoqda

Jurnalistlar va ijodkorlar diqqqatiga!

Siz o`zingiz uchun maqbul ish qidiryapsizmi? O`z iqtidoringizga yarasha daromad topishni istaysizmi? Jurnalistik ijod uchun qulay muhit, zamonaviy shart-sharoitlar kerakmi? Siz uchun ajoyib yangilik!  

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan barcha zamonaviy talablar darajasidagi media-resurs – yangi  axborot portali  tashkil etilmoqda. Mazkur  portalda o`zbek, rus va boshqa tillarda  O`zbekiston va jahonda yuz berayotgan o`zgarishlar haqida tezkor, haqqoniy va xolis axborotlar, video va audio ko`rinishdagi multimedia mahsulotlari e`lon qilinadi.  

Ushbu portalda  ishlashni istovchi talabgorlarda faqat jurnalistik ko`nikma, tajriba va qobiliyat, o`zbek va rus, shuningdek, imkon darajasida boshqa tillardan etarli darajada xabardorlik talab qilinadi. Yuqori maosh va ishlash uchun yaxshi shart-sharoitlar kafolatlanadi.  

Yangi axborot portalida ishlash istagida bo`lgan hamkasblarimizdan 9 iyul kuni soat 10.00 da O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi  yangi binosiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari talab etiladi. Talabgorlar mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida, ijodiy suhbat asnosida saralanadi.  

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko`chasi 1 a uy. Mo`ljal: O`zbekiston Kinematografiya agentligi binosi.

Murojaat uchun telefon:   +998946422212

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1