AsosiyJamiyat

Qo`yliq bozorida sanitariya talablariga rioya etmaganlar aniqlandi

'Qo`yliq bozorida sanitariya talablariga rioya etmaganlar aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiing  ma`lum qilishicha, 2021 yil 7 iyul kuni taxminan soat 22.00 larda Bektemir tumani Qo`yliq bozori hududida Toshkent shahar IIBB va boshqa mutasaddi tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan,  sanitariya talablariga rioya etmagan va o`rnatilgan tartib-qoidalarni buzayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sotuvchilari aniqlangan.  

Ularning orasida koronavirus bilan bog`liq vaziyat yomonlashganligini bila turib, jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurgan 43 yoshli Asilbek X. ham bor bo`lgan.  Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.  

Ushbu fuqaroning yonida bo`lgan turmush o`rtog`i – 39 yoshli B X. ham  karantin talablarini buzgan. IIB xodimlarining ogohlantirishlariga qaramay ayol turmush o`rtog`iga nisbatan qonuniy chora ko`rilishiga to`sqinlik qilish maqsadida bayonnoma rasmiylashtirish jarayoniga aralashib, baqirib, shovqin ko`tarishni boshlagan.

Ushbu shovqin-suronni to`xtatish va B. X ni tinchlantirish hamda profilaktik suhbat o`tkazish maqsadida u xizmat avtobusiga taklif etilgan biroq  ayol yanada ko`proq shovqin ko`targan va noo`rin harakatlar qilgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari vaziyatni yanada murakkablashtirmaslik hamda sotuvchi ayol tomonidan jahl ustida moddiy yoki boshqa zarar etkazilishini oldini olish maqsadida uni avtobusga majburiy tarzda kuzatib qo`yishgan.

Shu o`rinda IIBB fuqarolarni ogohlikka chaqirmoqda: 


Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Tibbiyot muassasalari qisqa muddat ichida kasallar bilan to`lib ketgan bir vaqtda – har birimiz jamoat joylarida tibbiy niqobni taqib yurishimiz – jamiyat va shaxsan o`zimiz uchun qilishimiz mumkin bo`lgan eng  kichik yaxshilikdir.  Iltimos, davlatimiz tomonidan o`rnatilgan qoidalarga rioya eting– ular sizning foydangizga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar