Urgut tumani “O`roqboyjar” MFYda yashab kelgan, 1989 yilda Urgut tumanida tug`ilgan Eshonqulov Mansur Nasriddinovich 2020 yil 18 avgust kuni soat taxminan 12:30lar atrofida yashash uyidan ishlash maqsadida chiqib ketib, bedarak yo`qolgan. Bu haqda xabar bergan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati qidiruvda ko`mak so`ramoqda.
Alohida belgilari: Bo`yi 170-175sm atrofida, sochlari qora, qoshi qora rangda qalin, ko`zlari qora yumaloq, yuzlari yumaloq, o`rta gavdali, lablari cho`zinchoq, chap qo`li bilak sohasidan baxtsiz hodisa tufayli kesilib ulangan (nogiron), peshonasining chap tepa tomonida xoli bor.
Egnidagi bo`lgan kiyimlari: To`q ko`k rangli futbolka, ko`k rangli jensi shim, qizil rangli tufli.
Eshonqulov Mansurni ko`rganlar yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lganlar +998901002121, +998662311111, 102, +998662319805 raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari so`raladi.






