Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi.
O`zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh elchixonasi hamda Tashqi mehnat migrasiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi hamkorligida G.N ismli fuqaro Novosibirsk – Samarqand aviareysi orqali O`zbekistonga qaytarildi.
Bundan bir necha yillar ilgari ishlash maqsadida Novosibirsk shahriga kelgan fuqaroning hayoti shifokorlar yordamida saqlab qolingan. Bundan tashqari u xotirasini ham yo`qotgan.
Fuqaroga Bosh elchixona tomonidan “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, homiylik mablag`lari hisobidan avia chipta sotib olishga ko`maklashildi.






