Qashqadaryo viloyatida iyun oyida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xatlovda aniqlangan 710 ta 8,33 gektar bo`sh turgan er uchastkalariga vakolatli tashkilotlar tomonidan xulosalar olish uchun “YER ELEKTRON” AAT tizimi kiritilgan edi deya xabar bermoqda "darakchi.uz"ga Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi.
Ma`lum bo`lishicha, tizimga kiritilgan 604 ta 12,92 gektar er uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish uchun vakolatli tashkilotlar muhokamasida qolmoqda. 36 ta 0,99 gektar er maydonlari vakolatli tashkilotlar tomonidan salbiy xulosalarga muvofiq tizimdan rad etildi.
55 ta 1,55 gektar er uchastkalari Elektron auksionlarni tashkil etish markaziga yuborilgan hamda shundan 23 ta 0,71 gektar er uchastkalari auksion savdolariga qo`yilgan.
Natijada iyun oyida 81 ta 2,47 gektar er uchastkalari "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasi orqali tadbikorlik sub`ektlariga sotildi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 apreldagi 4270-son qarori ijrosi yuzasidan viloyatning tuman (shahar) filiallari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari partali orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlarini ijrosini ta`minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davreestr pro-2” tizimi orqali esa 1087 yakka tarbidagi turar joylarga, 263 ta noturar joy ob`ektlariga, ko`p qavatli uylarda joylashgan 237 ta xonadonlarga va 131 ta er uchastkalariga kadastr pasportlari tayyorlab berildi.
Bundan tashqari viloyatning tuman (shahar) filiallari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari partali orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ijrosini ta`minlash maqsadida “Davreestr pro-2” tizimi orqali 214 ta jismoniy shaxslarga tegishli bo`lgan noturar joy ob`ektlari, 77 ta yuridik shaxslarga tegishli bo`lgan noturar joy ob`ektlari, 1450 ta yakka tartibdagi turar joylar, 311 ta xonadonlar, 543 ta er uchastkalariga bo`lgan huquq belgilovchi xujjatlari davlat ro`yxatidan o`tkazilgan
Qayd etilishicha, yuqorida ko`rsatib o`tilgan murojaatlar yuzasidan to`lovlar Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 maydagi 306-sonli qaroriga muvofiq avtomatik tarzda tizimni o`zida davlat xizmatlarining narxlari belgilangan va invois raqami shakllantirilgan.
Mazkur qarorga asosan Ko`chmas mulk ob`ektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo`lgan ko`chmas mulk uchun ilgari 306 ming 250 so`m to`langan bo`lsa, endilikda 245 ming so`mgacha ya`ni 20% foizga narxlar arzonlashtirilgani ham ahamiyatlidir.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to`lovlarni amalga oshirishda faqat bank shaxobchasida naqd pul, clisk, plastik kartochkalar orqali to`lash imkoniyati yaratilgan.
Ko`chmas mulk ob`ektlariga kadastr pasportini tayyorlash va davlat ro`yxatidan o`tkazish ishlarini rasmiylashtirish faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) tizimi ya`ni Davlat xizmatlari markazi va my.gov.uz sayti orqali amalga oshirib kelinmoqda