1

"Nega magistraturaga mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni OTMlarning o`zi o`tkazmoqda?” E`tirozlarga vazir javob berdi (video)

Jamiyat 09.07.2021, 14:20
Teglar: magistratura
"Nega magistraturaga mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni OTMlarning o`zi o`tkazmoqda?” E`tirozlarga vazir javob berdi (video)

Shu kunlarda aholi tomonidan Oliy ta`lim muasssalariga kirish imtihonlari bilan bog`liq e`tirozlar ko`paymoqda. Ayniqsa, magistraturaga imtihon topshiradigan talabalar uchun qabul jarayonlarini o`tkazish tartibi  turli savollarni keltirib chiqarmoqda. “Nima uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni Oliy ta`lim muassalarining o`zi o`tkazmoqda?” “Turdosh va mos bo`lmagan mutaxassisliklarga bu yil  nega hujjat topshirib bo`lmaydi?” Munozaralarga sabab bo`layotgan mazkur savollarga Oliy ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov javob berdi:

 

"Shu kunlarda xalqimiz orasida eng ko`p muhokamaga sabab bo`layotgan masalalardan biri — bu Oliy ta`lim muassalariga qabul jarayoni. Aytib o`tish joizki, bu yilgi jarayonlarda talaygina yangiliklar bor. Xususan , aholi orasida “Nima uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni Oliy ta`lim muassalarining o`zi o`tkazmoqda?”degan savol tug`ilmoqda. Aslida bu amaliyot bugungacha ham mavjud edi. Chet tillaridan imtihon Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladi. Keyingi yillardan esa chet tilidan maxsus sertifikatga ega bo`lmaganlar magistraturaga qabul qilinmaydi. Ammo mutaxasssislik fanlari bo`yicha savolnomalarni  DTMga etkazib berish uchun katta vaqt talab etiladi. Aynan shuning uchun bu jarayonni OTMlarning o`zlari tashkillashtirmoqda.

 

Navbatdagi masalaga keladigan bo`lsak, “Turdosh va mos bo`lmagan mutaxassisliklarga bu yil nega hujjat topshirib bo`lmaydi?” O`tgan 2 o`quv yilida bu amaliyotni qo`lladik. Lekin yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham kuzatildi. Birinchi masala — disertasiya yoqlashda muammolar kuzatildi. Ya`ni tarix yo`nalishida o`qigan talaba matematikadan javob berishda fundamental bilimlarni yaxshi egallamaganligi muammo bo`ldi. Ikkinchi masala esa, ma`ulmki, ko`pchilik magistraturaga topshirganlar keyinchalik OTMlarda o`qituvchi bo`lib faoliyat yutitadi. 2ta mutaxassislikda o`qib, savodsiz bo`lib qolmasligi uchun bu to`g`ri tanlov deb bilaman. Yana shuni ham ta`kidlash joizki, bu korrupsion holatlarni ko`paytirdi. Va bu qilgan qarorimiz, ya`ni tartibni o`zgartirganimiz korrupsiyaga barham berdi desak adashmaymiz", - deya izoh berdi vazir.

Sharhlar

Bosh prokuratura akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari kuni va joyi aniq bo`ldi

14.09.2020, 19:25

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga 15 sentyabr kuni kirish imtihonlari bo`lib o`tadi. Bu haqda Edu.uz rasmiy kanali xabar bermoqdaO`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga...
Olimpiada g`oliblariga magistraturaga kirish uchun eng yuqori ball beriladi

07.11.2019, 19:22

Talabalar fan olimpiadasi g`oliblari magistraturaga kirish imtihonlarida mutaxassislik fanlaridan maksimal ball olish huquqiga ega bo`ladi. Mazkur imtiyoz berilgan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1