1

Qo`qonda II Xalqaro hunarmandchilik festivali o`tkaziladi

Jamiyat 09.07.2021, 15:31
Teglar: II Xalqaro hunarmandchilik festivali
Qo`qonda II Xalqaro hunarmandchilik festivali o`tkaziladi

Qo`qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivali o`tkaziladi. Bu haqda “Qo`qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yilda Qo`qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tashkiliy qo`mita tarkibi hamda “yo`l xaritasi” tasdiqlandi. 

Festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste`dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo`qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat quyidagi ko`rgazma va ko`rik-tanlov tashkil etiladi:

birinchi bosqich – tumanlar (shaharlar) bo`yicha 2022 yilning aprel oyida;

ikkinchi bosqich – Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo`yicha 2022 yil iyunda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1