1

“Apartak” ko`mir konining 2021-2025 yillarga mo`ljallangan rejalari ma`lum qilindi

Jamiyat 09.07.2021, 15:50
Teglar: “Apartak” ko`mir koni
“Apartak” ko`mir konining 2021-2025 yillarga mo`ljallangan rejalari ma`lum qilindi

8 iyul kuni “O`zbekko`mir” aksiyadorlik jamiyatining “Apartak” ko`mir koniga press-tur tashkil etildi. Tadbirda jamiyat bosh direktori Vladimir Kuznesov ishtirok etib, jurnalistlarga O`zbekistonda ko`mir sanoati sohasidagi yangiliklar, “O`zbekko`mir” AJda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, respublikada qattiq yoqilg`iga bo`lgan talabni qondirishda “Apartak” konining hissasi haqida so`zlab berdi. 

“Apartak” “O`zbekko`mir” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi uchta ko`mir konning biri bo`lib, qattiq yoqilg`i murakkab geologik sharoitda ochiq usulda qazib olinadi.  1968 yilda qurib ishga tushirilgan kon ixtiyorida hozirgi kunda 13 ta ekskavator, 22 ta og`ir yuk tashuvchi avtosamosval, shuningdek, buldozer, avtogreyder, avtokran, burg`ulash qurilmasi, konveyr liniyasi kabi kon texnikasi mavjud. Ana shu mavjud kon texnikasi yordamida bu erda yiliga 2,2 mln kub metr hajmida tuproq ishlari bajarish, 387,5 ming tonna ko`mir qazib chiqarish mumkin. Konda 2018 yilda − 350 017 tonna, 2019 yilda − 355 100 tonna, 2020 yilda − 456 035 tonna qattiq yoqilg`i qazib olindi.  "Apartak" konida ko`mir qazib olish hajmlarini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida 2021-2025 yillarga mo`ljallangan konsepsiya ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyaga ko`ra, 2025 yilga borib ustki qatlamni ochish ishlari ikki baravarga oshirilib, yillik o`rtacha hajmi 4 mln. 500 ming kubomertni tashkil etadi.  

Joriy yilda “Apartak”da 2020 yildagiga nisbatan salkam ikki baravar ko`p - 764,7 ming tonna ko`mir qazib olish rejalashtirilgan. Shuning 531,9 ming tonnasi kon tasarrufidagi mavjud texnika, 232,8 ming tonnasi chetdan jalb qilingan texnika yordamida bajariladi.  

Shuningdek, 2021 yilning 1-yarim yilligi davomida kondan 306,5 ming tonna ko`mir qazib olindi. Tayyor mahsulot respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari va aholi ehtiyojlari uchun etkazib berilmoqda. Jurnalistlar kon ishlab chiqarish maydonida bo`lib, ko`mir ustki qatlamini ochish va ko`mir qazib olish jarayonlari bilan bevosita tanishdilar va o`zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1