O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qarori bilan Muxsinxuja Tursunxujaevich Abduraxmonov O`zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
M.Abduraxmonov 1974 yil Farg`ona viloyatida tug`ilgan.
Chiko shahridagi Kaliforniya davlat universiteti (AQSh) va Otaru kommersiya universiteti (Yaponiya) bitiruvchisi.
2004-2008 yillarda Xokkaydo universitetida doktorlik dissertasiyani himoya qilgan.
2004-2006 yillarda «Coca Cola Ichimligi O’zbekiston» kompaniyasida menejer lavozimida ishlagan.
2008-2018 yillarda «MTRUSTCo. Ltd» (Yaponiya) bosh direktori.
2018-2021 yillarda Farg`ona viloyati hokimi o`rinbosari – investisiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig`i.
2021 yildan Elchi lavozimiga tayinlangunga qadar O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig`i.
Rus, tojik, ingliz, yapon va arab tillarini biladi.
Oilali. To`rt nafar farzandi bor.