Hukumat qarori bilan Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qo`llagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimini joriy etish tartibi to`g`risidagi vaqtincha nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, elektron plombalar O`zbekiston bojxona hududiga olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan yoki tranzit tartibida harakatlanayotgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan transport vositalari yuk bo`limlariga bojxona xizmati organlari xodimlari tomonidan jo`natuvchi bojxona postida o`rnatiladi va manzil bojxona postida echib olinadi.
Elektron plombalarni o`rnatish, echib olish va saqlash tartibi hamda unga qo`yiladigan texnik talablar Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan belgilanadi.
Avtotransportlarga quyidagi hollarda elektron plombalar o`rnatilmaydi:
Elektron plombalardan foydalangan holda tovarlarni tashishda tashuvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilmasligi oqibatida elektron plombaga etkazilgan zarar tashuvchidan manzil bojxona postida bojxona organlari tomonidan undiriladi.
Shuningdek, elektron plombalardan foydalanganlik uchun yig`im undirilmaydi.