AsosiyJinoyat

Samarqandlik ayol bolalariga qarash uchun tanishidan yordam so`radi. U esa ayolning uyini talon-taroj qildi

'Samarqandlik ayol bolalariga qarash uchun tanishidan yordam so`radi. U esa ayolning uyini talon-taroj qildi'ning rasmi

Camarqand viloyatida 3 iyul kuni E.M. ismli ayol IIBga o`z tanishi sodir etgan o`g`rilik yuzasdan murojaat qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

 Murojaatda 30 iyun kuni Samarqand viloyatida bo`lganligi uchun X.S. ismli ayol tanishiga yashash uyiga borib, bolalariga qarab turishini aytganligi o`zi yashash uyiga 30 iyun kuni qaytib kelganida tanishi uyidagi 2.700.000 so`mlik “Artel” televizori, 1.000.000 so`mlik “Artel” rusumli elektron pechi va 1.200.000 so`mlik telefon apparatini yashirin ravishda o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.S ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar