AsosiyJinoyat

Toshkentda 73 yoshli fuqaroga tan jarohati etkazgan IIB xodimlariga sud hukmi o`qildi(video)

'Toshkentda 73 yoshli fuqaroga tan jarohati etkazgan IIB xodimlariga sud hukmi o`qildi(video)'ning rasmi

8 iyul kuni jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tuman sudida, ochiq sud majlisida, sudya Abbosxon Shomaxmudov raisligida 73 yoshli fuqaroga tan jarohati etkazgan Toshkent shahar IIBB PPXB xodimlariga hukm o`qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlarining Matbuot xizmati xabar qildi.

Hukmga ko`ra, har ikkala IIBB PPXB xodimlari JKning 104-moddasi 2-qismi “k” bandi va 206-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. 

Ularning xar biri 2 yil muddatga Ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar