1

Farg`onada bedarak yo`qolgan 17 yoshli qiz qidirilmoqda

Jamiyat 10.07.2021, 11:23
Farg`onada  bedarak yo`qolgan 17 yoshli qiz qidirilmoqda

2004 yilda Quva tumanida tug`ilgan, Bolalik MFYda istiqomat qiluvchi Hoshimova Yorqinoy G`ulomjon qizi qidirilmoqda. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

U joriy yilning 21 iyun kuni soat 10:00 larda  yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo`qolgan.

Bedarak  yukolgan Hoshimova Yorqinoy G`ulomjon qizining alohida belgilari:  

Bo`yi 155-160 sm atrofida, sochi va qoshlari qora.

Egnida kulrang atlas nusxasi tushurilgan ko`ylak va lozim, boshida pushti rangdagi rumol, yozgi oyoq kiyimda bo`lgan.  

Bedarak yo`qolgan Hoshimova Yorqinoy G`ulomjon qizi haqida biron ma`lumotga ega bo`lganlar yaqin oradagi Ichki ishlar organlariga yoki  102 qisqa raqamiga shuningdek, quyidagi telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilib xabar berishlari so`raladi.

73: 244-36-22,  315-03-32 faks: 315-11-09

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1