1

Namanganda TikTokdagi “xayp” uchun itni osib qo`ygan yosh bolalarga chora ko`rildi

Jamiyat 10.07.2021, 12:55
Namanganda TikTokdagi “xayp” uchun itni osib qo`ygan yosh bolalarga chora ko`rildi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqdlarda "Namanganda yosh bolalar TikTokdagi “xayp” uchun itni osib qo`ydi " nomi ostida videorolik tarqalgan edi.

Ma`lumot uchun,  24 may kuni, Chortoq tumanida yashovchi, Chortoq tumani XTB qarshli umumiy talim maktabining 6-snif o`quvchisi 2008 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan M.N. va shu maktabning 5-snif o`quvchisi, 2009 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan O.R. bilan birgalikda itni dalaga olib borib tashlab kelish maqsadida olib ketib, dala maydonidagi chinor daraxtiga osgan.

Ushbu xolatni videota`svirga olgan, telegramm va “Tik-tok” ijtimoiy tarmog`iga joylashtirgan, 2003 yilda tug`ilgan, S.O. hamda 2003 yilda tug`ilgan N.A.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 1891-moddasi 1-qismiga asosan xujjatlar sudga taqdim etilgan.

 29 iyun kuni jinoyat ishlari bo`yicha Chortoq tuman sudi tomonidan, 2003 yilda tug`ilgan, S.O. hamda 2003 yilda tug`ilgan N.A.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 1891-moddasi 1-qismiga asosan ish xujjatlari ko`rilib ularga nisbatan 2.450.000 so`mdan jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Vaoyaga etmaganlar, 2008 yilda tug`ilgan, M.N.ning otasi O.N va 2009 yilda tug`ilgan, O.R.ning otasi N.R.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan to`plangan xujjatlar Voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha tuman idoralararo komissiyasi tomonidan ularga nisbatan bazaviy xisoblash miqdorining bir baravari miqdorida ya`ni 245 ming so`m miqdorida jarima jazosi belgilandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1