1

Diniy tashkilot mansabdor shaxs ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji to`lashdan ozod etiladi

Jamiyat 10.07.2021, 14:41
Diniy tashkilot mansabdor shaxs ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji to`lashdan ozod etiladi

O`zbekistonda diniy tashkilotlar mansabdor ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji to`lashdan ozod etiladi. Bu haqda AOKAda 10 iyul kuni o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonunga binoan:

diniy tashkilotni davlat ro`yxatidan o`tkazish bilan bog`liq xizmatlar to`liq elektron shaklda, inson omilisiz amalga oshirilishi joriy etildi;

ro`yxatdan o`tkazuvchi adliya idoralariga taqdim etiladigan hujjatlar soni keskin qisqardi, ularni ko`rib chiqishning muddati esa 3 barobarga kamaydi, ya`ni 3 oydan 1 oyga tushirildi;

diniy tashkilotni davlat ro`yxatidan o`tkazishni rad etish asoslari qonun bilan belgilanib, unda ko`rsatilmagan asoslarga ko`ra rad etishga yo`l qo`yilmasligi ta`minlandi.

Shu bilan birga, diniy tashkilotning faoliyatini to`xtatib qo`yish va tugatish faqatgina sud orqali bo`lishi, ro`yxatdan o`tkazadigan va boshqa davlat organlari bunga haqli emasligi, mansabdor shaxslarning muayyan diniy tashkilot qonuniy manfaatlarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilinganda diniy tashkilot davlat bojini to`lashdan ozod etilishi kabi qo`shimcha kafolatlar nazarda tutildi.

Shuningdek, qonun bilan diniy tashkilotni tuzish uchun talab etib kelingan mahalla fuqarolar yig`inlari roziligini olish tartibi bekor qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1