1

Navoiyda 5 ta oltin qazib olinadigan er uchastkaci auksionga chiqarilgani ma`lum qilindi

Jamiyat 10.07.2021, 17:02
Navoiyda 5 ta oltin qazib olinadigan er uchastkaci auksionga chiqarilgani ma`lum qilindi

 Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Soykechar qishlog`idan 7,5 kilometr shimoli-g`arbda joylashgan 5 ta uchastka (Shoxsoy-1/21, Shoxsoy-2/21, Shoxsoy-3/21, Shoxsoy-4/21, Shoxsoy-5/21) uchun onlayn savdolar 14 iyul kuni o`tkazilishi belgilangan. Ariza berish 12 iyul soat 13:00 ga qadar davom etadi.

Ma`lumot o`rnida, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomili tasdiqlangan. Realizasiya qilingan uchastkalar 3 yil muddatga beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1