1

Davlat xizmatchilarining mol-mulki qay tartibda deklarasiya qilinishi ma`lum qilindi

Jamiyat 10.07.2021, 17:30
Teglar: deklorasiya
Davlat xizmatchilarining mol-mulki qay tartibda deklarasiya qilinishi ma`lum qilindi

Avvalroq, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo`lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilinganini, shuningdek, unga ko`ra 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o`rinbosarlari, ularning turmush o`rtog`i va voyaga etmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklarasiya qilinishini ma`lum qilgan edik. 

Mazkur farmon yuzasidan AOKAda matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi:

Ma`lum qilishicha, farmon ijrosini ta`milash uchun bir qator ishlar amalga oshiriladi. Bu haqida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov izoh berdi :

"Ma`lumki farmon qabul qilingandan so`ng uning ijromini ta`minlash masalasi ham bor . Bu borada Adliya vazirligiga katta mas`uliyat va vazifa yuklatilgan. Xususan qo`shimcha 20 ta hujjat va 9 ta qonun ishlab chiqiladi ishlab chiqish zarur. Unda javobgarlik masaladaridan tashqari bir qancha masalalar aks etadi, xususan, davlat xizmatchilarining mol-mulklarini deklarasiyalash bo`yicha, manfaatlar to`qnashuvi, fuqarolik huquqi bo`yicha, keyin esa benifisiarlarni to`g`risidagi ba`zi normalarni ishlab chiqishimiz lozim.  Shuningdek, 4ta Prezident qarorini ham taqdim etish vazifamizga yuklatilgan" -deydi Adliya vaziri. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1