1

"Qaysi amaldorning qancha mol-mulki bor?"Endi bilishingiz mumkin...

Jamiyat 10.07.2021, 17:56
Teglar: deklarasiya,amaldor
"Qaysi amaldorning qancha mol-mulki bor?"Endi bilishingiz mumkin...

Mutasaddilarning ta`kidlashicha, mazkur farmon jamoatchilik muhokamasiga qo`yilganidan so`ng, fuqarolar tomonidan faqat  3 kun davomida fikrlar bildirilgan. Muhokamalar to`xtab qolganligi sabab farmon va qaror qabul qilingan.


Shuningdek, aholi tomonidan muhokamalarga sabab bo`lgan masalalardan biri davlat xizmatchilarining mulki   deklarasiya qilinishi yuzasidan bo`ldi. Bu borada jamoatchilik turlicha fikr bildirdi. "Xo`sh davlat xizmatchilarining mol-mulki deklarasiya qilinishi ham ochiqlik tamoyiliga asosan ommaga e`lon qilinadimi?" degan savolga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov quyidagicha javob berdi:

Albatta bu jamoatchilikka e`lon qilinadi. Bu uchun alohida platforma yaratamiz, ya`ni biror tashkilotning saytida emas, alohida bir tarmoqda aholi qaysi amaldorning qancha mablag`i  bor bularning barchasini kuzatib turish mumkin bo`ladi"-deya izoh berdi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1