1

Poytaxtda "Damas" va"Matiz" rusumli avtomobillar to`qnashib ketdi

Jamiyat 10.07.2021, 19:12
Teglar: avariya,damas
Poytaxtda "Damas" va"Matiz" rusumli avtomobillar to`qnashib ketdi

Bu haqda  Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,  10 iyul kuni soat 13:46larda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Katta Yangiobod - Chilon-ota ko`chalari chorrahasida, 1992 yilda tug`ilgan  haydovchi I.T. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli hamda 1996 yilda to`g`ilgan X.B. boshqaruvida bo`lgan "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

 

Natijada ikki haydovchi ham tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan. Mazkur YTH yuzasidan hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu o`rinda YHXBB   barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so`ramoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1