1

Xalqaro konferensiya sabab 15-16 iyul kunlari Toshkentda qator markaziy ko`chalar yopiladi

Jamiyat 11.07.2021, 09:11
Xalqaro konferensiya sabab 15-16 iyul kunlari Toshkentda qator markaziy ko`chalar yopiladi

Avval xabar qilganimizdek,  joriy yilning 15 va 16 iyul kunlari poytaxtimizda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya o`tkaziladi.  konferensiyada 400 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

 Tadbirni o`tkazish jarayonida 15 va 16 iyul kunlari “Toshkent city” majmuasi atrofidagi bir qancha yo`llar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra: 

- Islom Karimov ko`chasi: Turobto`la ko`chasidan Furqat ko`chasigacha bo`lgan qismi;

- Furqat ko`chasining mahalliy yo`li: Islom Karimov ko`chasidan Navoiy ko`chasigacha;

- Olmazor ko`chasi: Beshyog`och ko`chasidan Navoiy ko`chasigacha bo`lgan qismi

Shuningdek, ushbu ko`chalarga tutash yo`llarda harakatlanish vaqtincha cheklanishi mumkin.

Vujudga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo`llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1