1

O`zbekistonda koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlar soni oshib bormoqda. O`lim ko`rsatkichi ham ortdi

Jamiyat 11.07.2021, 10:06
O`zbekistonda koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlar soni oshib bormoqda. O`lim ko`rsatkichi ham ortdi

Kecha yurtimizda 485 nafar kishida koronavirus, 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV axborot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 10 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115963 (+485) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-51 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-16 nafari Andijon viloyatida,

-22 nafari Buxoro viloyatida,

-36 nafari Jizzax viloyatida,

-19 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-9 nafari Navoiy viloyatida,

-15 nafari Namangan viloyatida,

-35 nafari Samarqand viloyatida,

-18 nafari Sirdaryo viloyatida,

-25 nafari Surxondaryo viloyatida,

-19 nafari Farg`ona viloyatida,

-14 nafari Xorazm viloyatida,

-52 nafari Toshkent viloyatida,

-154 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 111189 (+430) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 771 nafarni tashkil qildi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1