Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti organlarining 2021 yilning 6 oylik faoliyati yakunlariga bag`ishlangan kengaytirilgan majlisi bo`lib o`tdi.
Departament boshlig`i D.Raximov raisligida videoselektor tartibida o`tkazilgan Kengaytirilgan majlisida Departament organlarining barcha xodimlari ishtirok etishdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o`tkazilgan tadbirda korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek jinoiy daromadlarni legallashtirishga barxam berish hamda jinoyatlarning kelib chiqishiga imkon berayotgan tub sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar har bir hudud kesimida muhokama qilindi.
Departament boshlig`i sohada yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni alohida qayd etib, kuch va vositalarni mansabdor shaxslarning poraxo`rligi, byudjet mablag`lari, erlarni talon-toroj qilinishi, davlat xaridlarini amalga oshirishdagi jinoyatlarni barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf qilishga safarbar etish bo`yicha aniq topshiriq va ko`rsatmalar berdi.






