Yunusobod tumani IIO FMB dan kelib tushgan xabarga ko`ra, 5 iyul kuni soat taxminan 9.00 da 53 yoshli Dildora M. avtoulov ustida qarovsiz qoldirilgan, 42 yoshli Elvira Sh. ga tegishli 2.600.000 so`mlik uyali aloqa vositasini o`g`irlab voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“O`g`irlik”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov davom etmoqda.






