1

Sport faxriysi Roman Itskov vafot etdi

Jamiyat 11.07.2021, 20:56
Sport faxriysi  Roman Itskov vafot etdi

Uzoq yillar davomida O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sport, qolaversa Olimpiya harakatini rivojlantirish yo`lida samarali xizmat qilgan fidoiy inson Roman Isaevich Itskov endi oramizda yo`q. U 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Roman Isaevich Itskov 1938 yil 23 avgust kuni Ukrainada tug`ilgan. Keyinchalik O`zbekistonga ko`chib kelgan. Jismoniy tarbiya davlat institutini tamomlagach ushbu dargohda uzoq yillar turli lavozimlarda, keyinchalik O`zSSR Sport qo`mitasida Olimpiya va ommaviy sport turlarini targ`ib qilish bo`limi boshlig`i, 1997 yildan 2013 yilgacha O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi tizimida Olimpiya harakatini targ`ib qilish va sport federasiyalari bilan o`zaro aloqalarni yo`lga qo`yishda samarali mehnat qilgan.

2013-2015 yillarda MOQ raisi maslahatchisi lavozimida ishlagan. O`zbekiston sport delegasiyasi tarkibida Osiyo va Olimpiya o`yinlarida ishtirok etgan. Ko`p yillar davomida o`zbek sportining rivoji yo`lida o`z hissasini qo`shib kelgan.

Ko`rsatgan xizmatlari uchun davlat tomonidan O`zbekiston Respublikasi faxriy yorlig`i hamda 2-darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1