2021 yil 10 iyul kuni soat 00:20 larda Toshkent-Osh yo`lining 240 km.da, Pop tumani Qo`shminor MFY hududida o`lim bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Farg`ona viloyatida yashagan, 1974 yilda tug`ilgan fuqaro "Damas" rusumli avtomashinasini Vodiy-Toshkent yo`nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, shu yo`nalishda o`zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Andijon viloyatida yashovchi, 1976 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasini orqa qismiga urilgan.
Natijada, Damas avtomashinasi haydovchisi og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






