AsosiyJamiyat

O`zbekistonda pnevmoniyadan kasallanish oshib bormoqda

'O`zbekistonda pnevmoniyadan kasallanish oshib bormoqda'ning rasmi

Kecha yurtimizda 458 nafar kishida koronavirus, 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 11 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 116421 (+458) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-43 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-17 nafari Andijon viloyatida,

-15 nafari Buxoro viloyatida,

-56 nafari Jizzax viloyatida,

-17 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-9 nafari Navoiy viloyatida,

-21 nafari Namangan viloyatida,

-39 nafari Samarqand viloyatida,

-16 nafari Sirdaryo viloyatida,

-33 nafari Surxondaryo viloyatida,

-29 nafari Farg`ona viloyatida,

-17 nafari Xorazm viloyatida,

-44 nafari Toshkent viloyatida,

-102 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 111514 (+325) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 774 nafarni tashkil qildi.

    Boshqa yangiliklar