1

"Agar bu amalga oshsa, jurnalist va blogerlar ko`makchiga aylanadi" Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Senatning yangi qo`mitasiga taklif bilan chiqdi

Jamiyat 12.07.2021, 10:34
"Agar bu amalga oshsa, jurnalist va blogerlar ko`makchiga aylanadi" Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Senatning yangi qo`mitasiga taklif bilan chiqdi

Avval xabar qilganimizdek, Oliy Majlis Senatining yangi tashkil etilgan Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta`minlash masalalari qo`mitasining birinchi majlisi o`tkazildi.  

Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil 16 iyundagi  farmonida berilgan topshiriqlar ijrosi tahlili hamda Qo`mitaning joriy yil ikkinchi yarim yillikka mo`ljallangan ish rejasi hamda Ekspertlar guruhi tarkibi tasdiqlandi.

O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O`sarov ham ekspertlar guruhiga a`zo bo`ldi. Shu munobsabat bilan Uyushma raisi ushbu qo`mitaga o`zining taklifini bergan. 

"Qo`mitaga bitta amaliy taklif kiritdim. O`ylaymanki, bu taklif amalga oshirilsa, ham qo`mita faoliyati samaradorligiga, ham jurnalist va blogerlar qo`mitaning yaqin ko`makchisiga aylanishiga hissa qo`shadi.

Ma`lumki, deyarli har kuni joylardagi muammolar haqida OAVda tanqidiy, tahliliy maqolalar yoritilmoqda. Biroq tegishli vazirlik, hokimlik va idoralar tomonidan ko`pincha bu chiqishlarga, ayniqsa, bosma nashrlardagi tanqidiy materiallarga jiddiy e`tibor qaratilmaydi, munosabat bildirilmaydi. Agar qo`mita haftada yoki o`n kunda bir marta (agar hamkorlik taklif etilsa, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bunga tayyor) OAVdagi mana shunday tanqidiy chiqishlarga va unda ko`tarilgan muammolarga mutassadilar e`tibor qaratgani yoki yo`qligini o`rganib borishni yo`lga qo`ysa, Prezidentimiz farmonida belgilangan ko`plab vazifalar ijrosiga ko`mak bergan bo`lardi.

Shu taklifga nima deysiz?"- deya yozib qoldirgan Olimjon O`sarov ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1