1

"Qaynotasining "Damas"iga tosh otib, shikast etkazmoqchi bo`lgan". Yakkabog`da IIB xodimlarining ayol kishiga kuch ishlatgani aytilgan holat o`rganildi

Jamiyat 12.07.2021, 10:46
"Qaynotasining "Damas"iga tosh otib, shikast etkazmoqchi bo`lgan". Yakkabog`da IIB xodimlarining ayol kishiga kuch ishlatgani aytilgan holat o`rganildi

Internet ijtimoiy tarmog`larida Qashqadaryo viloyatida IIB xodimlari ayol kishiga kuch ishlatgani aytilgan video tarqaldi. 

Holat viloyat IIB tomonidan o`rganildi. 

Keltirilishicha, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tuman bo`limining 2021 yil 05 iyul kuni fuqaro X.M yashash manziliga majburiy tartibda kiritib qo`yish to`g`risidagi xabarnomasi, Yakkabog` tuman ichki ishlar bo`limiga 07.07.2021 yilda kelib tushgan.

Yakkabog` tumani, “Uzun” MFYda yashovchi E.B turmush o`rtog`i bilan bilan janjallashib qolishi natijasi, turmush o`rtog`i X.M ikki nafar voyaga etmagan farzandlari B.M va Sh.M.lar bilan ota uyiga ketib qolgan, shundan so`ng 5-6 oy davomida tomonlar o`zaro kelisha olishmaganidan so`ng, B.E boshqa ayolga uylanayotganligini eshitgan M.X qaytib bormoqchi bo`lganda turmush o`rtog`ining uyidagilar uni kiritishmaydi, so`ngra fuqarolik sudi orqali turmush o`rtog`ining uyiga majburiy kiritilishi xaqida qaror chiqarilgan.

2021 yil 08 iyul kuni soat 15-00da X.M ikki nafar voyaga etmagan farzandlari bilan E.B.ga tegishli bo`lgan Yakkabog` tumani, “Uzun” MFYda joylashgan uy-joyiga majburiy tartibda kiritib qo`yish ko`rsatib o`tilgan. 

Ijro varaqasiga asosan, 2021 yil 08 iyul kuni soat 15-00larda Yakkabog` tumani, “Uzun” MFY raisi o`rinbosarlari L.X va B.N, hamda MIB Yakkabog` tuman bo`limi davlat sud ijrosi T.B.lar bilan birgalikda fuqaro X.M ikki nafar voyaga etmagan farzandlari bilan E.B.ga tegishli bo`lgan Yakkabog` tumani, “Uzun” MFYda joylashgan uy-joyiga borgan vaqtlarida, u erda E.B oila a`zolari kiritilishiga qarshilik ko`rsatishib, o`rtada janjal kelib chiqgan, shundan so`ng profilaktika inspektori kapitan O.G` janjalni oldini olishi maqsadida X.M va sheriklarini ko`chaga chiqarib, xizmat xonasiga borishlarini o`sha erda janjal bo`yicha xujjatlarni rasmiylashtirishini aytadi, biroq X.M ko`chada E.B.ning otasi B.E.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasiga tosh otib shikast etkazmoqchi bo`ladi, shundan so`ng yuzaga kelishi mumkin bo`lgan janjalni oldini olish uchun kapitan O.G` o`zining “Matiz” rusumli avtomashinasiga fuqaro X.M.ni o`tqazib, xizmat xonasiga olib borgan va janjal yuzasidan xolislar ishtirokida tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan, Hozirda Yakkabog` tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borililmoqda, deyiladi viloyat IIB Axborot xizmati xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1