AsosiyJamiyat

BMT Qochoqlar ishlari bo`yicha oliy komissari Boshqarmasi O`zbekistonning fuqarosizlikka barham berish borasidagi muvaffaqiyatlarini olqishladi

'BMT Qochoqlar ishlari bo`yicha oliy komissari Boshqarmasi O`zbekistonning fuqarosizlikka barham berish borasidagi muvaffaqiyatlarini olqishladi'ning rasmi

2021 yil 7 iyul kuni BMT Qochoqlar ishlari bo`yicha oliy komissari Boshqarmasi Doimiy qo`mitasining 81-majlisi  bo`lib o`tdi .Unda fuqarosizlikka barham berish masalalari bo`yicha o`tkazilgan mazkur alohida sessiya– muhim xalqaro sana - 1961 yilgi Fuqarosizlikni kamaytirish to`g`risidagi konvensiya qabul qilinganining 60 yilligiga bag`ishlandi. Bu haqda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o`rinbosari, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, BMT Bosh kotibining o`rinbosari, BMT Qochoqlar ishlari bo`yicha oliy komissarining o`rinbosari Jilian Triggs, AQSh Davlat departamenti Aholishunoslik, qochoqlar va migrasiya byurosi bo`yicha davlat kotibining o`rinbosari Lesli Ziman, BMT Qochoqlar ishlari bo`yicha oliy komissari Boshqarmasining Global ma`lumotlar xizmati rahbari Folker Shimmer, YuNISEFning Bolalarni himoya qilish departamenti direktori Kornelius Uilyams va boshqalar so`zga chiqqan.

O`zbekiston tomonidan sohada erishilgan ijobiy natijalar tadbir ishtirokchilarining e`tirofiga sazovor bo`ldi. Ularning ta`kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoev BMT Bosh kotibi Antonio Gutterishning «#IBelong» - fuqarosizlikka barham berish bo`yicha Global kampaniya yuzasidan BMT oliy minbaridan turib e`lon qilgan chaqirig`ini  qo`llab-quvvatladi.

O`zbekistonning fuqarosizlikka barham berish bo`yicha so`nggi yillardagi tajribasi haqida to`xtalar ekan, A.Saidov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan fuqarosizlikni kamaytirish borasida ko`rilgan qat`iy choralar tufayli keyingi 4 yilda bu sohada vaziyat tubdan yaxshilanganini ta`kidlagan.

Xususan, hozirda yangilangan amaldagi "O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida"gi qonunga muvofiq, mamlakatimizda kamida 15 yil davomida yashab turgan va doimiy yashash joyida ro`yxatdan o`tgan fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga to`g`ridan-to`g`ri fuqarolik berilishining yangi tartibi o`rnatilgan.

Bundan tashqari BMT Qochoqlar ishlari bo`yicha oliy komissari Boshqarmasining 2024 yilgacha fuqarosizlikka barham berish bo`yicha Global harakatlar rejasiga ko`ra, O`zbekistonda tug`ilish holatlarini yalpi ro`yxatga olishni ta`minlash maqsadida chaqaloqlarni, shu jumladan, hujjatlari mavjud bo`lmagan ota-onalardan tug`ilgan bolalarni rasmiylashtirish amaliyotiga o`zgarishlar kiritildi. Ayni vaqtda rasmiylashtirilmagan barcha tug`ruq holatlarini ro`yxatga olish bo`yicha milliy kampaniya boshlangan.

Boshqa yangiliklar