1

Iste`molchilarning huquqlari eng ko`p savdo sohasida paymol etilmoqda. Keyingi o`rinlarda esa gaz, svet, suv...

Jamiyat 12.07.2021, 13:14
Iste`molchilarning huquqlari eng ko`p savdo sohasida paymol etilmoqda. Keyingi o`rinlarda esa gaz, svet, suv...

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, yarim yil davomida huquqlari paymol bo`lgan jami 6314 nafar iste`molchidan murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 5937 tasi ya`ni, 94,0 % ijobiy hal etilishi natijasida iste`molchilar foydasiga jami 12 166 168 672 (o`n ikki milliard bir yuz oltmish olti millionbir yuz oltmish sakkiz ming olti yuz etmish ikki) so`m etkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.

32 ta murojaat asosida iste`molchilarning manfaatlarini ko`zlab sud organlariga da`vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 1 314 651 898 (bir milliard uch yuz o`n to`rt million olti yuz ellik bir ming sakkiz yuz to`qson sakkiz) so`m moddiy va ma`naviy zararlar iste`molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.

Bundan tashqari, Federasiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, iste`molchilardan tushgan jami 34 ta murojaat yuzasidan ularning qonuniy manfaatlarini ko`zlab, nazorat organlariga tegishli murojaatlar yo`llanib, ijobiy hal etilishi natijasida iste`molchilar foydasiga 15 400 000 (o`n besh million to`rt yuz ming) so`m mablag` qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.

Hisobot davrida iste`molchilar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, murojaatlarning 2414 tasi (38,2%) savdo sohasiga, 803 tasi (12,7%) gaz ta`minoti sohasiga, 673 tasi (10,7%) elektr ta`minoti sohasiga, 326 tasi (5,2%) suv ta`minoti sohasiga, 226 tasi (3,6%) kommunal xizmat sohasiga, 70 tasi (1,1%) sog`liqni saqlash sohasiga, 432 tasi (6,8%) xizmat ko`rsatish (servis) sohasiga, 134 tasi (2,1%) transport sohasiga, 194 tasi (3,1%) aloqa (va internet) sohasiga, 1042 tasi (11,2%) esa boshqa sohalarga to`g`ri kelishini ko`rishimiz mumkin.

Federasiya tizimida tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali jami 1750 ta murojaatlar kelib tushgan bo`lib, ushbu murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko`rib chiqilishi natijasida 1664 tasi ijobiy hal etilishiga erishgan.

Mazkur ijobiy hal qilingan murojaatlar natijasida 1 985 138 782 (bir milliard to`qqiz yuz sakson besh million bir yuz o`ttiz sakkiz ming etti yuz sakson ikki) so`m mablag` iste`molchilar foydasiga undirilgan.

Bugungi kunda fuqarolarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida ularning tegishli murojaatlari Federasiya tizimida tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni, Federasiyaning virtual qabulxonasi, Bosh prokuraturaning elektron dasturi (crm.trask.uz) hamda Prezidentga murojaat portali shuningdek, “telegram” ijtimoiy tarmog`ida tashkil etilgan “@PotrebitelUz_bot” manzili orqali qabul qilib kelinmoqda. Bunda fuqaro (iste`molchi)lar real vaqt rejimida murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1