1

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Nepal tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari bilan uchrashdi

Jamiyat 12.07.2021, 14:49
O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Nepal tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» yuqori darajadagi xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Nepal Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Bxarat Raj Podyalni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi manbasiga ko`ra, muzokaralar chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibi muhokama qilindi.

 Tomonlar xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shuningdek, boshqa ko`p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o`zaro aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta`kidladilar.

 Qayd etilganidek, O`zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo o`rtasidagi, xususan, Nepal bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qo`shimcha turtki bermoqda.

 Nepal tomoni bo`lajak konferensiya katta ahamiyatga egaligi va uning natijalari ikki mintaqaning yanada yaqinlashishiga hissa qo`shishini alohida bildirdi.

 Muzokaralar davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va Nepal o`rtasida diplomatiya munosabatlari 2018 yil 26 yanvar kuni o`rnatilgan bo`lib, Tashqi ishlar vazirligidagi muzokaralar ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi ushbu darajadagi ilk tadbirdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1