1

Bo`stonliqda “Navqiron jurnalistlar” media-oromgohi ish boshladi (foto)

Jamiyat 12.07.2021, 16:42
Teglar: Bo`stonliq
Bo`stonliqda “Navqiron jurnalistlar” media-oromgohi ish boshladi (foto)

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosasiyasi joriy yilning 2 aprel kuni O`zEOAVMA a`zolarining umumiy yig`ilishida “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” milliy media dasturini tayyorlab qabul qilgan edi. 

Har bir loyiha mamlakatimizda kechayotgan jadal jarayonlar, mehnatkash xalqimiz hayotining muhim qirralarini chuqur yoritishga xizmat qiladi. Media dasturdan zamon talabiga javob beradigan nihoyatda dolzarb 60 tadan ortiq loyiha o‘rin olgan bo‘lib, hozirda barchasi birin-ketin hayotga tadbiq etilmoqda. O‘zEOAVMAga a’zo telekanallar ijodiy jamoalari ularni amalga oshirishda faol qatnashmoqdalar. Bugungi Yangi O‘zbekistonga yangicha nigoh bilan qarab, yurtimizda barcha sohalarda jadal kechayotgan islohotlardan, yorqin o‘zgarishlardan, yangilanishlardan mamnun, hayotidan rozi oddiy insonlar, bugunning qahramonlarini, ayniqsa ko‘proq yoshlar  qiyofasini teleekranlarimizda, radiokanallarimizda talab darajasida yoritmoqdalar.

“Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” milliy media dasturidan o`rin olgan “Yoshlar multimedia studiyalari” loyihasida ayniqsa, etuk  yosh jurnalist kadrlarni  tayyorlash, tegishli oliy ta`lim muassasalari talaba yoshlarining malakasini oshirish, amaliy ko`nikmalarini mustahkamlash, ular ishtirokida yuqori sifatli multimedia materiallari tayyorlash va yangi texnologiyalarni o`quv jarayonlariga joriy qilishga alohida ahamiyat berilayapti. Shuningdek, media dasturda jurnalistika va axborot texnologiyalari bo`yicha ta`lim beriladigan oliy o`quv yurtlarida, Toshkent shahri va hududlarda ham  “Yoshlar multimedia studiyalari”ni tashkil qilish ko`zda tutilgan.

3-7 may kunlari o`tkazilgan “Yangi O`zbekiston yoshlar nigohida” media-haftaligida mazkur multimedia studiyalarida o`z imkoniyati va iqtidorini sinash maqsadida kelgan 400 nafardan ortiq yigit-qizlar uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida o`quv mashg`ulotlari, seminarlar, mahorat darslari o`tkazildi. Haftalik yakuniga ko`ra, ular orasidan 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, malakali media-mutaxassislar guruhi shakllantirildi. Ularning asosiy qismi Yoshlar markaziy multimedia studiyasida o`z malakasi va mahoratini oshirmoqda. Masalan, loyiha qatnashchilari uchun 9-20 iyun kunlari Yoshlar ijod saroyida o`quv-seminarlar tashkil etildi. Seminar qatnashchilariga xalqaro media ekspertlar, yurtimizning taniqli jurnalist va boshlovchilari, multimedia vositalarining mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o`tkazildi.Ular yosh jurnalistlar  oldida turgan vazifalar, ularning huquq va majburiyatlari, ko`zda tutilgan rejalar haqida kerakli ma`lumotlarga ega bo`ldilar. Bu yoshlar kelgusida ijtimoiy tarmoqlarda Yangi O`zbekiston haqida sifatli, yuqori saviyadagi foto, video va reklama materiallari kontentini yaratadilar, Instragramdagi akkauntlar bilan bemalol ishlaydilar. Bo`lg`usi yosh jurnalistlar o`qish bilan birga, hozirdanoq o`zlari tayyorlagan mediamahsulotlarini qator nodavlat-notijorat telekanallarida namoyish etish va moddiy rag`batlarni qo`lga kiritish imkonidan ham foydalanadilar. Ular orasidan eng iqtidorli, bilimli va tajribali yigit-qizlar, yosh jurnalistlar O`zEOAVMA tomonidan  ish bilan ta`minlanishini alohida qayd etish lozim.

Ana shu  iqtidorli yoshlar uchun 12 iyul kuni “Yoshlar multimedia studiyalari” loyihasi asosida Bo`stonliq tumanidagi yoshlar oromgohida “Navqiron jurnalistlar” media-oromgohi ish boshladi.

Bu media-oromgohda  yoshlar so`lim tabiat quchog`ida hordiq chiqarib, amaliy va nazariy ko`nikmalarini rivojlantirishlari, bugungi kunda saytlar faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish  yuzasidan ko`p ma`lumotlar olishlari mumkin. 

Shuningdek, oromgohda ularga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, adliya vazirligi, O`zEOAVMAning malakali mutaxassislari, xalqaro jurnalistika vakillari, taniqli teleradiokanallar boshlovchilari, olimlar sohaga doir o`quv mashg`ulotlari, mahorat darslari, seminarlar va davra suhbatlari o`tkazadilar. Yoshlar turli maroqli sport musobaqalari, diskatekalarda qatnashadilar. 

Sharhlar

Bo`stonliqdagi “Nanay” ko`prigi yopildi

08.09.2022, 10:58

Bo`stonliq tumani “Nanay” MFYga olib boruvchi ko`prik ta`mirlash ishlari sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, “Chorbog` suv ombori halqa yo`li”ning...
Toshkent viloyatiga ko`chgan Finlyandiya: "kraska", sement va hatto mix ishlatilmagan ekokottejlar...

20.05.2022, 17:01

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani Chimboylik qishlog`ida (Oqtosh) yangi yangi dam olish maskanining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi bilan hamkorlikda...
Bo`stonliqqa dam olish uchun ketayotgan fuqarolar mashinasi jar yoqasida turib qoldi (video)

30.09.2021, 11:24

Bo`stonliqqa dam olish uchun ketayotgan fuqarolar mashinasi jar yoqasida turib qoldi.FVV voqea yuzasidan ma`lumot berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni bir guruh fuqarolar Toshkent...
Bo`stonliq tumanida savdoga qo`yilgan erlar haqida bilasizmi? (foto)

04.05.2021, 12:59

Turizm va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Chorvoq” erkin sayyohlik zonasi va Bo`stonliq tumani hokimligi tomonidan turizm loyihalarini amalga oshirish uchun taklif qilingan va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1