AsosiyJinoyat

Navoiyda pedagogika institutiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan "pedagog" ushlandi

'Navoiyda pedagogika institutiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan "pedagog" ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy davlat pedagogika instituti katta o`qituvchisi A.X., fuqaro S.ni “Musiqa ta`limi” yo`nalishi bo`yicha o`tkaziladigan kirish amaliy imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishini tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga yaqin qarindoshi T. orqali 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olganligi aniqlangan. Bu haqda osh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)  va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar