1

Yakkabog`da bloger IIBga olib kelindi. U hokimiyat rahbariyatini obro`sizlantirishga uringani aytilmoqda

Jamiyat 12.07.2021, 19:30
Yakkabog`da bloger IIBga olib kelindi. U hokimiyat rahbariyatini obro`sizlantirishga uringani aytilmoqda

Yakkabog` tuman hokimining Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash masalalari bo`yicha o`rinbosari S.Avlaev 01.07.2021 yilda Yakkabog` tumani IIB boshlig`i nomiga Yakkabog` tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.E “ElmurodBloger” taxallusi ostida hamda Yakkabog` tumanida yashovchi Sh.Slar ijtimoiy tarmoqlarga Yakkabog` tumani hokimiyati rahbariyatini obro`sizlantirishga qaratilgan videomateriallar tayyorlab chiqarayotganliklarini bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Mazkur holat Yakkabog` tumani IIB Navbatchilik qismida belgilangan tartibda kayd etilgan.

Mazkur holat bo`yicha Yakkabog` tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tergovchisi kapitan D.S.Poyonov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu sabab Yakkabog` tumanida istiqomat qiluvchi “ElmurodBloger” taxallusi ostidagi fuqaro O.E hamda Yakkabog` tumanida yashovchi Sh.Slarning harakatiga qonuniy baxo berishlik uchun ularni Yakkabog tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limiga taklif etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1