1

Yadro universitetida o`qitish sifati tushib ketgani, filial rahbariyati muammolarga befarqligi rostmi? Rasmiylar munosabat bildirdi

Jamiyat 12.07.2021, 19:40
Yadro universitetida o`qitish sifati tushib ketgani, filial rahbariyati muammolarga befarqligi rostmi? Rasmiylar munosabat bildirdi

"O`zatom" agentligi matbuot xizmati  ayrim telegram kanallarida tarqalgan "Yadro universiteti Toshkent filiali talabalari: “O`qitish sifati tushib ketdi, filial rahbariyati muammolarga befarq” sarlavhali xabar yuzasidan munosabat bildirdi.  

Xabar berilishicha, MMFIda barcha yo`nalishdagi fanlarni o`qitish uchun fan nomzodi va fan doktori darajasiga ega bo`lgan yuqori malakali professor-o`qituvchilar tanlov asosida saralab ishga qabul qilingan.  

Universitetda barcha fanlar tasdiqlangan reja asosida o`tib kelinmoqda. Ushbu ish rejalari universitetning rasmiy veb-saytida ochiq e`lon qilingan. Shu bilan birga, ayrim umumta`lim va mutaxassislik fanlaridan (materiallar qarshiligi, loyihalashtirish asoslari va mashina detallari, korroziyaning nazariy asoslari va metallarni himoyalash) Moskvadagi bosh universitet professor-o`qituvchilari tomonidan o`qitib kelinmoqda.  

Talabalarning bilimini baholash har semestrda nafaqat o`zbekistonlik, balki rossiyalik pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.  

2021/2022 yillarda Filialda "Turbomashinalar", "AESni avtomatlashtirish", "Termodinamika va issiqlik etkazish asoslari", "Yadro yoqilg`isi sikli ob`ektlarini ekspluatasiya qilish va undan chiqarish" kabi fanlarni o`qitish rejalashtirilmoqda.  

Bugungi kunda filialda talabalar uchun 12 ta laboratoriya faoliyat yuritmoqda. O`qitish tizimini yanada faollashtirish va nazariya-amaliyot uyg`unligini ta`minlash maqsadida "O`zatom" agentligi tomonidan maxsus o`kuv-laboratoriya uchun zamonaviy asbob-uskunalar sotib olish ishlari yakunlanmoqda.  

Talabalar va o`qituvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida talabalar va xorijiy professor-o`qituvchilar uchun ikkita 9 qavatli turar-joy binolari qurib bitkazilmoqda. Ular joriy yilning oxirigacha foydalanishga topshiriladi. Ularning sig`imi 500 nafar talaba va 100 nafar o`qituvchilar uchun mo`ljallangan. Shuncha sig`imli oshxona va sport majmuasi ham qurib bitkazilmoqda. Bu ishlarning barchasi shaxsan "O`zatom" agentligi Rahbariyati qat`iy nazorati ostida olib borilmoqda.  

Agentlik bosh direktori J.Mirzamahmudov talabalar bilan doimiy ravishda shaxsan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar va masalalarning amaliy echimlari bo`yicha aniq choralar ko`rib kelmoqda. Olib borilayotgan qurilish va obodonchilik ishlarini ko`zdan kechirib, ularni yangi o`quv yiliga qadar tezlashtirish bo`yicha aniq tavsiyalarini berib kelmoqda.  

Yuqoridagilardan kelib chiqib, axborot kanalida e`lon qilingan ma`lumotlar faktlarga asoslanmagan va muallifning bir tomonlama asossiz fikri ekanligini ma`lum qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1