1

Bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi

Jamiyat 13.07.2021, 07:55
Bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 13 iyul kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-35° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1