1

Jizzaxda fuqaro 120 ming so`m evaziga o`z xonadonida ayol va erkakka "sharoit yaratib berdi"

Jamiyat 13.07.2021, 08:48
Jizzaxda fuqaro 120 ming so`m evaziga o`z xonadonida ayol va erkakka "sharoit yaratib berdi"

Jizzax shahar IIOFMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limining 2 nafar profilaktika inspektori fohishaxona saqlash va qo`shmachilik qilish bilan bog`liq jinoyatni fosh etishdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, qonun himoyachilari Jizzax shahrining Xalqobod mahallasida yashovchi A.O. o`z turar joyida 120 ming so`m evaziga Sharof Rashidov tumani Yaxtanlik mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi yigit hamda shu tumanning Bobur mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi ayolning jinsiy yaqinlik qilishlari uchun sharoit yaratib berganligini aniqladilar. 
Qonunbuzardan 120 ming so`m hujjatlashtirib olindi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1