1

Kamaz haydab ketayotgan 12 yoshli Abdulxay to`xtatib qolindi

Jamiyat 13.07.2021, 10:32
Teglar: kamaz
Kamaz haydab ketayotgan 12 yoshli Abdulxay to`xtatib qolindi

Kuni kecha Surxondaryo viloyatida davlat raqami belgisiz Kamaz rusumli avtotransport vositasini 103 avto yo`lida boshqarib kelayotgan 12 yoshli bola Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi  tomonidan to`xtatib qolindi.

Ma`lum bo`lishicha, u Surxondaryo tumani Qiziriq tumanidan g`ish to`kib qaytayotgan bo`lgan.

Ushbu holat yuzasidan inspektor tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo`yilgan.

Shu o`rinda YXXB barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, ota-onalardan haydovchilik guvohnomasi olmagan farzandlariga avtotransport vositasini boshqarishiga ruxsat bermasliklarini so`ramoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1